Jahon aholisi mavzusidan test savollari
1300- 1400- yillar davomida qora o‘lat epidemiyasi ta’sirida dunyo aholisining qancha qismi halok bo‘ldi?
Urushlar XVIII asrda, XIX asrda, XX asrda qancha kishining yostig‘ini quritdi?
Depopulyatsiya jarayoni nima?
Demografik o‘tish davri Yevropada qachon boshlandi?
Yevropadagi Germaniya, Avstriya, Belgiya, Italiya, Daniya, Vengriya, Niderlandiya davlatlari demografik o‘tish davrining qaysi bosqichida turibdi?
Dunyo aholisi salkam 60 yil davomida necha marta o‘sdi?
Rivojlanayotgan davlatlarning ko‘pchiligi demografik o‘tish jarayonining nechanchi bosqichini o‘tamoqda?
AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya qaysi demografik bosqichda?
O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari qaysi demografik bosqichga o‘tmoqda?
Eng yuqori o‘sish (4.5 marta, keyingi 60 yil ichida) ko‘rsatkichi qaysi qit’a aholisi o‘rtasida kuzatildi?
Yer yuzi aholisining soni yiliga qanchaga o‘smoqda?
Qaysi regionda aholi soni juda past sur’atlar bilan o‘smoqda yoki deyarli o‘zgarmayapti?
Aholi soni bo‘yicha birinchi to‘rttalik davlatlar qatorini toping.
Qaysi davlatlar demografik o‘zgarish salmog‘iga ko‘ra alohida guruhga kiritilgan?
2003- yili 1 yoshga yetmasdan o‘lgan go‘daklar soni qanchani tashkil etgan?
Eng ko‘p bolalar o‘limi (2003- yili, 1310 ming bola) qaysi davlatda kuzatilgandi?
Yer shari aholisining o‘rtacha umri qancha?
Aholisining o‘rtacha umr yoshi 78- 83 yoshni tashkil etadigan davlatlar soni qancha?
O‘rtacha umr davrining eng yuqori ko‘rsatkichi (83 yosh) qaysi davlar uchun xos?
O‘zbekistonda o‘rtacha umr qanchani tashkil etadi?
Tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, qaysi davlatlarda aholining o‘rtacha umri 25 yoshga teng bo‘lgan?
Qadimgi yunon olimi Aflotun necha yoshda vafot etgan?
Butun dunyoda erkaklar soni ayollarga nisbatan qanchaga ko‘p?
Dunyoda 0- 14 yoshda har 1000 ta qizga nechta o‘g‘il bola to‘g‘ri keladi?
Tug‘ilgan har 1000 ta bolaning qanchasi o‘g‘il bolalardan iborat?
Mehnatga yaroqli aholi tarkibida erkaklar ayollarga nisbatan har 1000 kishi hisobiga qanchaga ko‘p?
Qaysi regionda ayollar soni erkaklar soniga teng?
Qaysi qit’alarda ayollar soni erkaklar soniga nisbatan ko‘proq?
Mehnat resurslarining ulushi qaysi regionda katta (63- 65%)?
Dunyo aholisining qanchasi mehnat resurslaridan iborat?