Экономико- географический район Сурхандарьи mavzusidan test savollari



Toshguzar- Boysun- Qumqo‘rg‘on temiryo‘li qaysi tumanning ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan qishloqlarida sanoat va xizmat ko‘rsartish tarmoqlari yuksalishini ta’minladi?

Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonidagi sanoat tarmoqlari ichida eng yetakchisi qaysi?

Yaqin yillarda qaysi tumanlarda qator to‘qimachilik komplekslari tashkil etilib, Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonida yetishtirilayotgan paxta tolasining qayta ishlash hajmini 20- 25\% ga yetkazish mo‘ljallanmoqda?

Surxondaryo viloyatida joylashgan neft- gaz konlarini toping.

Surxondaryo viloyatiga janubdan esadigan issiq va quruq shamol qaysi?

Polimetall rudalari mavjud bo‘lgan Xonjiza koni qaysi tumanda joylashgan?

Sobiq Ittifoq davrida Surxondaryo nefti qaysi maqsadlarda ishlatilgan?

Yiliga 80 ming tonna neftni qayta ishlay oladigan, benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqariladigan zavod qayerda joylashgan?

Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonida aholi zichligi qanday (1 kvadrat kilometr maydon hisobida)?

Surxondaryo vohasining eng issiq janubiy qismida qaysi ekin yetishtiriladi?

Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonida dehqonchilikni rivojlantirishda qaysi daryolarning o‘rni muhim?

Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonidagi qaysi tumanda bog‘lar va uzumzorlar ko‘p?

Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonidagi sug‘orma dehqonchilik yerlarida qaysi chorva turi ko‘p boqiladi?

Hisori qo‘ylarining tirik vazni qancha bo‘lishi mumkin?

Jahonga mashhur “Surxon suri” terisi qaysi chorva turidan olinadi?

Go‘sht, suv va dag‘al jun uchun boqiladigan angor echkilari Surxondaryo viloyatining qaysi hududlarida tarqalgan?

Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonida yillik quvvati qancha bo‘lgan zamonaviy yoqilg‘i kompleksi quriladi?

O‘tgan asr boshlarida Termiz qanday shahar edi?

XX asr boshlarida Termizda qanday sanoat korxonasi mavjud edi?

Qachon Termizda yangi zamonaviy aeroport barpo etildi?

Termiz bugungi kunda qanday shahar sifatida rivojlanmoqda?

R. Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va sharobchilik ilmiy- tadqiqot tajriba stansiyasi qaysi shaharda joylashgan?

Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonining qaysi shahrida hayvonot bog‘i bor?

Surxondaryo iqtisodiy- geografik rayonining qaysi shahrida limonad zavodi faoliyat olib bormoqda?

Denov shahri qachondan rivojlana boshladi?