O‘rta Osiyo suvlari mavzusidan test savollari



O‘rta Osiyo o‘lkasining qancha qismini tekisliklar egallagan?

O‘rta Osiyo hududida oqar suvlaming notekis taqsimlanishiga qanday omillar sabab bo‘lgan?

O‘rta Osiyoning qaysi hududlariga yil davomida 100 millimetr atrofida yog‘in tushadi?

1) Orolbo‘yi; 2) Qoraqum; 3) Betpaqdala;

4) Mo‘yinqum; 5) Amudaryo etaklari; 6) Ustyurt;

7) Sirdaryo etaklari; 8) Qizilqum

O‘rta Osiyo hududining qancha qismiga 100- 300 millimetr atrofida yog‘in tushadi?

O‘rta Osiyoda yog‘in suvi to‘planadigan asosiy joy- bu …

O‘rta Osiyo hududining eng muhim gidrologik xususiyati qaysi javobda ko‘rsatilgan?

O‘rta Osiyoda qancha daryo bor, shuning qanchasi tog‘larga to‘g‘ri keladi?

O‘rta Osiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi?

Muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolarni toping.

Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Qoradaryo nimadan to‘yinadi?

Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan to‘yinadigan daryolarning suvlari yilning qaysi davrida ko‘payadi?

Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar va soylar to‘yinishiga ko‘ra qaysi guruhga kiradi?

Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan to‘yinuvchi daryolarni toping.

Qor va muzliklaming erishidan to‘yinadigan daryolarning suvi yilning qaysi oylarida ko‘payadi?

Mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar haqidagi fikrlardan qaysi biri to‘g‘ri?

Yerosti suvlaridan to‘yinadigan daryolar, ayniqsa, qaysi hududlarda ko‘p?

O‘rta Osiyoning eng sersuv daryosi qaysi?

Amudaryoning boshlanish manbasi- bu …

Amudaryo qaysi daryolarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi?

Amudaryoning uzunligi va suv to‘plash havzasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Amudaryoning qaysi irmog‘i Afg oniston hududidan boshlanadi?

Amudaryoga qancha masofada umuman irmoq suvlari qo‘shilmaydi balki uning suvi juda ko‘p miqdorda sug‘orishga, bug‘lanishga sarf bo‘ladi, yerga shimilib kamayib qoladi?

Quyidagi sug‘orish tarmoqlaridan qaysi biri Amudaryodan chiqarilmagan?

Sirdaryo haqida bildirilgan fikrlardan qaysi biri to‘g‘ri?

Sirdaryoning bosh qismi- bu …

O‘rta Osiyo hududidagi eng uzun daryoning boshlanish manbai qayer hisoblanadi?

Sirdaryoning ikki yirik irmog‘i- Norin va Qoradaryo qaysi hududda birlashib, ulkan Sirdaryoni hosil qiladi?

Sirdaryoga quyiladigan irmoqlar daryoning geografik yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ri berilgan javobni toping.

Sirdaryo suvining eng ko‘paygan vaqti qaysi oyga to‘g‘ri keladi?

Ili daryosining boshlanish joyi qayer?