Geografiya faniga kirish mavzusidan test savollari



“Geografiya” so‘zining ma’nosi nima?

Geografiya fanining asoschisi kim?

Yer yuzasi tabiati, aholisi va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fan qaysi?

Geografiya fanini o‘rganuvchi kishilar … deyiladi.

Geografiya fanining asosiy yo‘nalishlarini aniqlang.

Tabiiy geografiya fanining eng sodda bo‘limi qaysi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, qadimgi kishilar bundan qancha yil ilgari Yerning shaklini chizmada tasviriashga harakat qilishgan?

Cho‘lda yashaydigan odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan?

Yerni sharsimon, yumaloq bo‘lsa kerak degan dastlabki tasavvurlarning yuzaga kelganiga qancha bo‘ldi?

Dunyoning birinchi xaritasini tuzib, Yerning kattaligini aniq o‘lchagan olim kim?

Ptolemey tuzgan xaritada qaysi hududlar tasvirlangan?

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida …

Dunyodagi eng katta globuslar qaysi shaharlarda saqlanadi?

“Toshkent” globusining a) bo‘yi; b) diametri; c) aylanasi; d) og‘irligi qancha?

“Toshkent” globusi qayerda saqlanadi?

Nosir Xisrav (1004- 1088) qaysi hududlarga sayohat qilgan?

Nosir Xisrav 7 yil davom etgan 2 ta sayohatida qancha masofani bosib o‘tgan?

Nosir Xisrav sayohatlari qaysi asarda batafsil bayon etilgan?

Amerikani kim va qachon rasman kashf etdi?

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining qaysi asarida Farg‘ona vodiysi, Afg‘oniston, Hindiston tabiati haqida ma’lumotlar beradi?

Kimning sayohati davomida Yerning sharsimonligi isbotlandi, uning katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi?

Kimlar tomonidan 1821-yili Antarktida materigi kashf etildi?

Hozirgi kunda qaysi hududlar aniqlanmagan va xaritaga tushirilmagan?

Hozirgi paytda geograflar o‘zlarining tadqiqotlarida nimalardan keng foydalanishmoqda?

Hozirgi kunda Yerdagi har bir nuqtaning aniq koordinatalari … yordamida aniqlanmoqda.