O‘simlik to‘qimalari mavzusidan test savollari



O‘simlikning generativ organlariga nima kiradi?

Qaysi o‘simlikning gul kosacha barglari tojibarglarga aylanishi mumkin?

Nima uchun yog‘ochlik po‘stloqqa qaraganda yo‘g‘on bo‘ladi?

To‘qima tushunchasini qaysi olim nechanchi yilda fanga kiritadi?

Qaysi to‘qimaning hujayralari yupqa va elastik bo‘lishi bilan ajralib turadi?

Qaysi to‘qima parenxima va asimilyatsion to‘qima ham deb yuritiladi?

Qaysi to‘qima asosan uchki va yon hosil qiluvchi to‘qimalarga ajraladi?

Botanikaga doir turli adabiyotlarda … dan ortiq to‘qimalar mavjudligi hakida ma’lumotlar berilgan.

Qaysi to‘qima suv va havoni jamg‘arish vazifasini ham bajaradi?

Qaysi to‘qimalar o‘simliklarda uchraydi?

Qaysi to‘qima faqat o‘simliklarda uchraydi va uning hayotida katta rol o‘ynaydi?

O‘simliklarning deyarli barcha a’zolarida uchraydigan va boshqa to‘qimalar hosil qilishda ishtirok etadigan to‘qimani aniqlang.

Deyarli bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy tirik parenxima hujayralaridan iborat to‘qimani aniqlang.

Kelib chiqishiga ko‘ra qoplovchi to‘qima necha xil bo‘ladi?

Kollenxima va sklerenxima hujayralari qaysi to‘qimada uchraydi?

Qanday to‘qimalarda xloroplast ko‘p bo‘ladi?

Qaysi to‘qima qobig‘i maxsus modda (suberin) bilan shimilgan bo‘ladi?

Assimilyatsion to‘qimaning eng muhim vazifasini belgilang.

Nok, behi etidagi qattiq donachalar, danakli mevalar qobig‘idagi hujayralar qaysi to‘qimaga kiradi?

Yuksak o‘simliklar nechta hujayradan tuzilgan?

Qaysi o‘simlikda qand erigan holda to‘planadi?

Qaysi o‘simliklar soxta meva hosil qiladi?

Kollenxima (1), sklerenxima (2), hujayralarining farqini ko‘rsating.

a) tirik;

b) o‘lik;

c) moddalarning harakatini ta’minlaydi.

Poya va ildizning po‘stloq va yog‘ochlik tolalari qaysi to‘qimaga kiradi?

Suberin nima?

Jamg‘aruvchi to‘qima asosan qaysi hujayralardan tashkil topgan?

Yashil barglarda, yosh novdalarda epidermaning ostidagi etli qavatida qanday to‘qima joylashadi?

Tirik parenxima hujayralardan tashkil topgan to‘qima (lar) ni aniqlang.

Kurtakning boshlang‘ich novdasi qanday to‘qimadan iborat?

Tirik va o‘lik hujayralarga ega bo‘lgan to‘qimalarni belgilang.