Vatanimiz xalqlarining Chingizxon istilosi va zulmiga qarshi ozodlik kurashi mavzusidan test savollari



XIV asrda qaysi mo‘g‘ul hukmdori Movarounnahrda pul islohotini o‘tkazdi?

XIII asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulusining ilg‘or mo‘g‘ul zodagonlari orasida qanday jarayon kuchayadi?

O‘rta osiyolik qaysi harbiy sarkarda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi nisbatan muvaffaqiyatli kurash olib bordi?

Mo‘g‘ul bosqinchilari qachon Xitoydan haydab yuborildi?

O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligining dastlabki davridayoq mahalliy mulkdorlar, ruhoniylar va savdogartarning ko‘pchiligi nima uchun mo‘g‘ul bosqinchilari xizmatiga o‘tdilar?

XIII asrda Mongoliyaning poytaxti qaysi shahar edi?

Quyidagi qaysi shaharlar XIII asrda mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinmadi?

Byudjet taqchilligi - bu ...

Chingizxon qo‘shinlarining Movarounnahr shaharlarini bosib olishda yurgan yo‘nalishini aniqlang?

XIV asr o‘rtalarida xitoy dehqonlari mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Bu qo‘zg‘olon tarixda qanday nom bilan atalgan?

Chig‘atoy ulusining poytaxtini aniqlang.

Malik Sanjar boshchiligidagi qo‘zg‘olon qachon va qayerda bo‘lgan?

Chingizxonning maxsus lashkari “keshik” qanday maxsus vazifani bajarar edi?

XIII asrdan boshlab Chig‘atoy shohlarini qaysi vodiyda taxtga o‘tkazish marosimi o‘tkaziladigan bo‘ldi?

1206 - 1212 yillari Movarounnahming qaysi shaharlarida Xorazmshohlarga qarshi qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi?

Mo‘g‘ul-tatarlar Kavkaz ortiga qanday va qachon bostirib kirdilar?

Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji qo‘li ostidagi yerlarni aniqlang.

Chingizxon o‘z davlatidan g‘arbga qilgan yurishini qaysi o‘lkalarni zabt etishdan boshladi?

Mo‘g‘ullar hukmronligining dastlabki davridayoq mo‘g‘ul xonlari o‘zlariga xizmat ko‘rsatgan kishilarga turli yorliq va payzalar berardilar. Bunday kishilar...

Arablar Ispaniyani qachon istilo etdilar?

Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon (1238-yil) qaysi shaharda bo‘lib o‘tdi?

Oltin O‘rda inqirozi boshlanishining asosiy sababini aniqlang.

Mo‘g‘ullar hujumi arafasida Xorazmshohlar davlatida ...

Mo‘g‘ul bosqinchilari Xorazmshohlarning dastlab qaysi chegara shahrini qamal qilib bosib oldilar?

Mo‘g‘ullar 1235-yilda joriy etgan (jumladan, Movarounnahrda ham) chorva solig‘ini aniqlang?

1238-yilda mo‘g‘ullarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zgolonda Mahmud Tarobiyning eng yaqin safdoshi kim edi?

Farg‘ona vodiysidagi qaysi shaharga Duvaxon (1291-1306) hukmronligi davrida asos solingan?

Chingizxon davrida mo‘g‘ul- tatarlarning rus knyazlari chegaralariga yurish yo‘nalishi qaysi hududlar orqali o‘tgan edi?

Oltin O‘rdaning Saroy Botu shahri qayerda joylashgan edi?

Qaysi hukmdor birinchi bo‘lib qo‘shinlarni o‘n minglik, minglik, yuzlik va o‘nlik tartibida bo‘lgan edi?