Surxondaryo tabiiy-geografik o‘lkasi mavzusidan test savollari



Surxondaryo o‘lkasini Turkmanistondan ajratib turuvchi tabiiy chegara- bu …

O‘zbekistondagi eng baland Hazrati Sulton (4643 metr) cho‘qqisi qaysi tog‘ tizmasida joylashgan?

Chaqchar tog‘ining balandligi 3744 metrga teng bo‘lgan eng yuqori cho‘qqisi qanday ataladi?

Balandligi 3139 metrga yetadigan Ko‘hitang tog‘lari necha kilometr masofaga cho‘zilgan?

Surxontog‘ning balandligi qanchaga yetadi?

Balandligi 2289 metr bo‘lgan Zarkosa cho‘qqisi qaysi tog‘ tizmasiga tegishli?

Surxondaryo o‘lkasidagi neft- gaz konlarini toping.

Sharg‘unda qanday foydali qazilma koni bor?

Polimetall rudasi, alyuminiy, gips va ohak konlari qayerda joylashgan?

O‘zbekistondagi eng katta tuz koni- bu …

Surxondaryo viloyatidagi eng muhim mineral suv maskani- bu …

Qachon Termizda harorat +50^\circ C ga yetgani kuzatilgan?

Qishda yanvarning o‘rtacha harorati Sherobod va Termizda qanchani tashkil etadi?

Hisor tog‘ining janubiy yonbag‘rlariga qancha yog‘in tushadi?

Surxondaro tabiiy- geografik o‘lkasida uzunligi 20 kilometrdan ortiq bo‘lgan nechta daryo mavjud?

Surxondaryo o‘lkasidagi barcha daryolarning bir yillik suv miqdori qancha?

Surxondaryoning eng katta va eng sersuv irmog‘i qaysi?

Qaysi daryo 3 ta nomda: boshlanishida Machaydaryo, o‘rta qismida o‘z nomida, quyi oqimida Qorasuvdaryo nomlari bilan ataladi?

To‘polondaryo Hisor tizmasining 4648 metr baland qismidan qaysi nom bilan boshlanadi?

Daryolar va ularning umumiy uzunligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) Surxondaryo; 2) To‘polondar- yo; 3) Qoratoldaryo; 4) Sheroboddaryo

a) 196 kilometr; b) 186 kilometr; c) 124 kilometr; d) 100 kilometr

Sheroboddaryo qaysi daryolarning qo‘shilishidan vujudga keladi?

1000- 2000 metr chuqurliklardan chiquvchi mineral shifobaxsh, harorati 60- 70^\circ C bo‘lgan suvlar qaysi davr yotqiziqlari orasida uchraydi?

Janubiy Surxon suvomborining suv sig‘imi qancha?

Surxondaryo tog‘laridagi qurg‘oqchil va toshloq yerlarda qaysi o‘simlik turi o‘sadi?

Surxondaryo o‘lkasining sharqida joylashgan Bobotog‘ o‘zining nimasi bilan mashhur?

Surxondaryo vodiysida quruq subtropik iqlim tufayli anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitrus va boshqa issiqsevar mevali daraxtlar hamda mevalar yetishtiriladi. Bu borada qaysitumandagi subtropik o‘simliklar maskanida issiq mamlakatlarda o‘suvchi daraxt va mevalar yetishtirilmoqda?

Surxondaryo tog‘ qo‘riqxonasi necha qismdan iborat?

Surxondaryo qo‘riqxonasining 2- qismi bo‘lgan sobiq Ko‘hitang buyurtmasi qaysi hayvonlarni muhofaza ostiga olgan?

Surxondaryo qo‘riqxonasining 1- qismi qaysi hududni o‘z ichiga oladi?

Surxondaryo o‘lkasidagi paleogen va neogen davr yotqiziqlari orasida uchraydigan chuchuk suvlar necha metr chuqurlikda joylashgan?