Turkiya hukumati o‘zbek talabalari uchun grantlarni ikki baravar oshirdi


Turkiya davlati O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari uchun dunyodagi nufuzli oliygohlar qatorida bo‘lgan Turkiya oliygohlarida grant imtiyozi bilan o‘qishni o‘tgan yillarga nisbatan bu yil 2 barobarga oshirdi, deb yozmoqda sof.uz.

Bu grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi: turkcha til o‘quv kursi, ta’lim to‘lovlari, turarjoy, oylik stipendiyalar, sog‘liq sug‘urtasi va samolyot biletlari.

2020 Turkiya stipendiyalari uchun qabullar 2020 yil 20 fevralgacha www.turkiyeburslari.gov.tr sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

Arizalar bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun qabul qilinadi.

Murojaat etuvchilar barcha so‘ralgan ma’lumotlarni onlayn tarzda yuklashlari kerak. Shaxsiy ravishda yoki pochta orqali yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Onlayn murojaat tizimi 8 tilda (turk, arab, ingliz, fransuz, rus, boshnoq, fors, ispan) ishlaydi.