Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etildi


Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil qilinadi. Bu haqdagi qaror prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan 3 dekabr kuni imzolangan.

  • Qarorga muvofiq, quyidagilar institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlar etib belgilangan:
  • sog‘liqni saqlash hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi muassasalari uchun tor sohadagi mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish;
  • yetakchi xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar uchun qo‘shma taʼlim va akademik mobillik dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
  • sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini, kasalliklar profilaktikasi, parazitologiya, mikrobiologiya, virusologiya, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish masalalari bo‘yicha istiqbolli innovatsion, amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularning natijalarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolar yechimiga qaratish;
  • biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari dasturlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlash, ular faoliyatini samarali tashkil qilish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib borish;
  • xorijiy mamlakatlarning yetakchi tibbiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan taʼlim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish;
  • moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblangan mazkur institutga qabul har yili belgilanadigan OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida va qo‘shimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Institut o‘qish 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanishi kutilmoqda.