Rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yaxshi universitetlari reytingi yangilandi


«Times Higher Education» jurnali rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yaxshi universitetlari reytingini (THE Emerging Economies University Rankings) yangiladi. To‘liq reyting bu yerda.

Reytingga kirgan universitetlari soni bo‘yicha Xitoy mutlaq yetakchi, ammo o‘rtacha eng yuqori ballarni Janubiy Afrika Respublikasi va Saudiya Arabistoni universitetlari qo‘lga kiritgan.

Rivojlanayotgan mamlakatlar yetakchi 10 universitetining 7 tasi Xitoyga tegishli, shuningdek, Rossiya, Tayvan va JARning bittadan uniyersitet kuchlilar qatorida.

  1. Sinxua universiteti (Xitoy)
  2. Pekin universiteti (Xitoy)
  3. Chjeszyan universiteti (Xitoy)
  4. Xitoy fan va texnologiyalar universiteti (Xitoy)
  5. Moskva davlat universiteti (Rossiya)
  6. Shanxay transport universiteti (Xitoy)
  7. Fudan universiteti (Xitoy)
  8. Tayvan milliy universiteti (Tayvan)
  9. Nankin universiteti (Xitoy)
  10. Keyptaun universiteti (JAR)

Universitetlar reytingini tuzishda 13 ta omil 5 guruhga bo‘lib o‘rganilgan: ta’lim berish va olish sifati (30 foiz), ilmiy tadqiqot (30 foiz), ilmiy ishlardan iqtibos keltirilishi (20 foiz), talabalar va xodimlarning xalqaro mobilligi, ya’ni boshqa universitetlar bilan hamkorlik (10 foiz) kabilar.

Reytingga jami 47 mamlakatdan 533 ta universitet kiritilgan. Xususan, Rossiyaning 40 ga yaqin, Latviyaning 3 ta, Qozog‘istonning 2 ta universiteti kiritilgan ushbu reytingda O‘zbekistondan bironta ham universitet yo‘q.

Manba: xabar.uz