Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi


Bobur Shoyoqubov O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Bobur Shoyoqubov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


Qurolli Kuchlar akademiyasining avvalgi boshlig‘i Shavkatbek Mamajonov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mamajonov 2021-yilning martida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.