O‘zbekiston Milliy universiteti ramziga aylangan kitob monumenti buzib tashlandi (foto)


O‘zbekiston Milliy universiteti asosiy binosiga kiraverishda o‘rnatilgan, tom ma’noda universitet ramziga aylangan kitob monumenti buzib tashlandi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunga  Toshkent shahar hokimligi tomonidan Olmazor tumani, Universitet ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari sabab bo‘lgan. Hokimlik matbuot xizmati ushbu ishlar 15 kun ichida yakunlanishini bildirgan. 

Universitet logosida aks etgan kitob yodgorligining buzib tashlanishi universitet sobiq talabalari, professor-o‘qituvchilariga xush kelmagan. Ulardan birining aytishicha, ushbu ob’yekt «O‘zMU talabalariga motivatsiya beradigan joy», «uning o‘ziga xosligini bildirib turadigan maskan» bo‘lgan.