Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kira olmasam test sinovlarida toʻplagan ball bilan texnikumga kirish imkoniyati mavjudmi?


Savol: Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kira olmasam test sinovlarida toʻplagan ball bilan texnikumga kirish imkoniyati mavjudmi?

JAVOB:

Texnikumlarga joriy yilda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball toʻplagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur toifadagi abituriyentlar texnikumlarga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.

Bunda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar texnikumlardagi test sinovida ishtirok etishi yoki etmasligini texnikumga hujjat topshirishda maʼlum qiladi.