Davlat test markaziga press-tur


Testlarni tayyorlash va uni foydalanishgacha yetkazish jarayoni qanday? DTM faqat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish uchun test tayyorlaydimi? O‘tgan yillarda tizimda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Milliy test tizimiga qachon to‘liq o‘tiladi?

Shu kabi ko‘plab savollarga Davlat test markazi tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida javob berildi.

Ko‘pchilikka oliy o‘quv yurtlariga kirish, o‘qituvchilarga ustama berish, chet tilini bilish darajasini aniqlash kabi imtihon testlari qanday sharoitda va kimlar tomonidan tuzilishi, testlarning sinovdan o‘tkazilishi va javoblar qanday tekshirilishi jarayoni qiziq.

Shu vaqtgacha test tuzilishi jarayoniga bog‘liq holatlar, testologlar haqida hech qanday ma’lumotlar ochiqlanmas edi. So‘nggi ikki yilda mazkur jarayonlar haqida ochiq-oydin ma’lumotlar taqdim etila boshlandi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan press-tur davomida OAV xodimlariga sohadagi ishlar, yangiliklar va rejalar xususida ma’lumot berildi.

Quyida ushbu press-tur jarayonidan olingan video-lavha bilan tanishing.


Barno Meliqulova, Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA
Manba. uza.uz