Abituriyentlar diqqatiga muhim ma’lumot


2020/2021-o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibi joriy qilinadi. Bu haqda DTM matbuot xizmati xabar berdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta fanlar bo‘yicha test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlari:

  • 5111100 – Musiqa ta’limi.
  • 5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.
  • 5112000 – Jismoniy madaniyat.
  • 5112300 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.

Majburiy uchta fan bo‘yicha test sinovlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari e’lon qilinganidan so‘ng o‘tkaziladi.

Manba: xabar.uz