Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinadi


TDYUU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari DIQQATIGA!

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida tasdiqlangan nizomga ko‘ra:

  • TDYUU bakalavriatiga abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari TDYUU tomonidan belgilanadigan o‘rinlar soniga mos ravishda qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi;
  • o‘qishga qabul qilish suhbat natijalariga ko‘ra reyting tizimi bo‘yicha to‘plangan ballar asosida amalga oshiriladi.

Bunda:

- TDYUU akademik litseyi bitiruvchilari har yili 20 iyundan kechikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladi;

- Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli o‘quv yili bitiruvchilarining arizalarini 20 iyundan boshlab 5 ish kunida ko‘rib chiqadi (joriy yil uchun 21 iyundan boshlab);

- har yili 1 iyuldan kechikmasdan suhbat komissiyasi tuzilib, yakka tartibdagi suhbat 10-20 iyul kunlari o‘tkaziladi.

Suhbat natijalari reyting tizimi bo‘yicha abituriyentga qo‘yilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi.

Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi.

Natijalar TDYUU rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida eʼlon qilinadi.

TDYUU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.