Britaniya menejment universitetiga hujjat topshirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?


Toshkent shahrida Britaniya menejment universiteti tashkil etilganligi haqida @uzabt kanalimizda ma‘lumot berib o‘tgan edik. Ushbu yangilikdan keyin ko‘plab abituriyentlardan ushbu universitetga qanday hujjatlar to‘plami topshirilishi, to‘lov kontrakt narxi summasi haqida ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shu savollarni inobatga olgan holda, siz aziz abituriyentlar uchun @uzabt kanali ma‘muriyati mamnuniyat bilan ushbu post orqali barcha savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Demak qabul jarayoni 3 bosqichdan iborat.


❇️ Birinchi bosqich: 2020 yil 18 maydan boshlab universtitet rasmiy saytida o‘qishga kirish uchun matematika va ingliz tili (bu imkoniyatIELTS yoki shuning ekvivalenti bo‘lgan sertifikatiga ega bo‘lmaganlar uchun) fanlaridan bepul platforma taqdim etiladi. Siz ushbu platforma orqali imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin bo‘ladi!


❇️ Ikkinchi bosqich: Universitet rasmiy saytida 25 maydan boshlab Onlayn-ariza topshirish imkoniyati yaratiladi. Onlayn hujjat topshirish jarayonida saytda har bir talaba o‘zining shaxsiy kabinetini yaratadi. O‘z shaxsiy kabinetida quyidagi hujjatlarning sifatli ko‘rinishda skanerlangan fayllarning nusxasini yuklaydi:


- Pasport

- Umumiy o‘rta ta‘lim maktabi, akademik litsey yoki kollejni tugatganligi to‘g‘risidagi diplom, agar mavjud bo‘lsa, ularning ilovalaridan ko‘chirma

- Agar mavjud bo‘lsa IELTS sertifikati (minumum 5.0 ball) yoki uning ekvivalenti


❇️ Uchinchi bosqich: Ingliz tili va matematika fanlaridan onlayn imtihondan o‘tish, jumladan:


❇️ Ingliz tilidan - 60 minut (IELTS sertfikati mavjud bo‘lmaganlar uchun)

❇️ Matematika - 30 minut (ushbu imtihon barcha abituriyentlar uchun majburiy)


Uchinchi bosqich uchun izoh. Agar sizda IELTS sertifikati bo‘lmasa, siz onlayn testdan tashqari, ona-tilisi ingliz tili bo‘lgan mutaxassislar bilan ingliz tili suhbati (speaking) imtihonidan o‘tish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishingiz zarur bo‘ladi. Suhbat agar iloji bo‘lsa yakkama-yakka ko‘rinishda yoki Zoom/Skype dasturlari orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.


✅ Yuqoridagi barcha bosqichlar bajarib bo‘linganidan 10 ishchi kunidan keyin sizning shaxsiy kabinetingiz orqali sizga rasmiy ravishda o‘qishga qabul qilinganligingiz, zaxira ro‘yxatida ekanligingiz yoki o‘qishga qabul qilinmaganligingiz haqida xabar beriladi.


Agar siz kirish imtihonidan yetarli ball to‘play olmasangiz, sizga yana bir bor imtihon topshirish uchun imkoniyat beriladi. Qayta imtihonga birinchi imtihondan eng kamida 30 kun o‘tgandan keyin ruxsat beriladi.


Universitetda o‘qish narxlarining summasi muhokama jarayonida!