Qashqadaryo hokimligi 13 ta xalqaro universitet talabasi bo‘lgan marhum hokim o‘g‘lining kontraktini to‘lab beradigan bo‘ldi


Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining marhum hokimi Rashid Muhammadiyevning talaba bo‘lgan o‘g‘lining kontrakt puli to‘lab beriladigan bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Qamashi tumanidagi 61-maktabning 2020/2021-o‘quv yili bitiruvchisi Asadbek O‘raqov Xalqaro darajadagi (IELTS) imtihonidan 7 ballni qo‘lga kiritib, O‘zbekistondagi 13 ta xalqaro universitetlarning talabasi bo‘lgan. Xususan:

  • Cambridge International University;
  • Webster American University;
  • Tashkent international of education;
  • TMC Singapore University;
  • Akfa University;
  • Team American University,
  • Management and Development International Singapore University;
  • Sharda Indian University;
  • New Uzbekistan University;
  • British Management university;
  • Westminster International University in Tashkent;
  • Amity Tashkent university;

Bundan tashqari, u Amerika elchixonasi tarafidan tashkil etilgan EducationUSA Connect Scholarship finalisti hisoblanadi.

Viloyat hokimligi iqtidorli talabaga Cambridge International University‘da tahsil olishi uchun viloyat hokimi qarori bilan 25 million so‘m ajratilgan.