Prezident maktablarining 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi!


Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini portal.piima.uz saytining «Qabul 2022» bo‘limi «Natijalar» oynasining «Prezident maktablari natijalari» bo‘limidan ID raqamingizni kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

SARALASh IMTIHON NATIJALARINI QIDIRISh TARTIBI

  1. Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
  2. Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
  3. Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
  4. Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

Saralash natijalar anonim tarzda e’lon qilinadi. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi.

Asosiy imtihonlar avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichga saralash bosqich imtihonida qatnashgan nomzoddan 6720 nafari, ya’ni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan talabgorlar yo‘llanma oladi.

Shuningdek saralash natijalarni ushbu havola orqali ham tekshirishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/