Oltita ta'lim yo‘nalishida o‘qish muddati uch yil etib belgilandi


Prezident “Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining o‘quv dasturlari hajmini inobatga olgan holda oliy ma'lumotli pedagog mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida pedagogik ta'lim sohasining ayrim ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta'lim dasturlari doirasida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. 
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta'lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta'lim sohasining ayrim bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. 
Bular: 
  1. Musiqa ta'limi; 
  2. Jismoniy madaniyat;
  3. Texnologik ta'lim;
  4. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim;
  5. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi;
  6. Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport.