Joriy yilda OTM larda kontrakt narxlari qancha?


2017-2018 yillarda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirish rejalashtirilmagan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi qarorida aytib o‘tilgan deb yozadi sof.uz

“2017-2018 yillarda oliy o‘quv yurtlarida (bakalavriat, magistratura) o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori 2016-2017 yillardagidek bo‘ladi",- deya qayd etilgan qarorda.

Shunday qilib, kontrakt miqdori quyidagicha bo‘ladi:

Gumanitar yo‘nalishlar:

1) Pedogogika, kasb-hunar ta’limi: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
2) San’at: bakalavriat — 7 900 000 so‘m
3) Gumanitar fanlar: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
3.1)Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima va amaliyot nazariyasi, o‘zbek-ingliz tarjimasi nazariyasi va amaliyoti: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
3.2)Jahon siyosati: bakalavriat — 9 850 000 so‘m
4) Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar: bakalavriat — 6 650 000 so‘m

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq:

1) Ijtimoiy fanlar va psixologiya: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
2) Jurnalistika va axborot: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
3) Iqtisodiyot: bakalavriat — 8 800 000 so‘m
3.1) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: bakalavriat — 9 850 000 so‘m
4) Huquq: bakalavriat — 9 850 000 so‘m

Ishlab chiqarish va texnika sohasi

1) Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyasi: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
2) Kompyuter va informatika texnologiyasi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
2.1)AKT sohasidagi iqtisodiyot va menejment: — 8 800 000 so‘m
3) Arxitektura va qurilish: — 7 250 000 so‘m

Qishloq va suv xo‘jaligi

1) Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi boshqaruvi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya: bakalavriat— 6 650 000 so‘m

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

1) Sog‘liqni saqlash: bakalavriat — 8 800 000 so‘m
2) Ijtimoiy ta’minot: bakalavriat— 6 650 000 so‘m

Xizmat ko‘rsatish sohasi

1) Xizmat ko‘rsatish sohasi: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
2) Sport faoliyati: bakalavriat— 6 650 000 so‘m
3) Transport: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
4) Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi: bakalavriat — 6 650 000 so‘m

Eslatib o‘tamiz, bu yil yetarli miqdorda ball yig‘magan talabalar qimmatlashgan kontrakt pulini to‘lab o‘qishadi.