Inha universitetiga kirish imtihonlari onlayn namoyish etiladi


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2018-yil 19-20-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarini onlayn rejimda uzatadi.

Qayd etish kerak, IUT kirish imtihonlarining shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash uchun ketma-ket uchinchi marotaba universitet saytida va «Facebook»dagi rasmiy sahifasi orqali jamoatchilik uchun onlayn rejimda namoyish etilmoqda.

IUT onlayn rejimda jamoatchilikka kirish imtihonlarini kuzatish imkoniyatini bergan O‘zbekistondagi birinchi universitetlardan hisoblanadi.

Har bir xohlovchilar http://live.inha.uz sahifasi orqali kirish imtihonlarini kuzatishlari mumkin. Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan «O‘zko‘rgazmasavdo» zalida veb-kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, ular barcha imtihonlarni onlayn rejimda namoyish etadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, u video oqimini yuklab olishning yuqori tezligini ta’minlaydi. Internet-provayderlarning ko‘pchiligi TAS-IX ga pul olmasliklarini inobatga olsak, foydalanuvchilar pullarini tejashadi. 

Manba: xabar.uz