Imtihonlarsiz o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq:

2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Hozirga qadar:

  • Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
  • “Nihol" mukofoti sohiblari;
  • “Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari;
  • “Tarbiyachi" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari;
  • “Hamshira" respublika tanlovi g‘oliblari;
  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari;
  • Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari imtihonlarsiz umumiy qabul parametrlari doirasida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinar edi.