Eng, eng, eng ...


O‘tgan yili (2019 yilda) Respublikamizdagi 83 ta oliy taʼlim muassasalariga (diniy, xorijiy va harbiy OTMlardan tashqari) umumiy hisobda 102 mingdan ortiq talaba o‘qishga qabul qilingan (qo‘shimcha kontrakt bundan mustasno). Shundan 18180 ta talaba davlat granti asosida qabul qilindi. 

Eng ko‘p talaba qabul qilingan oliygoh - Samarqand davlat universiteti: 4140 ta;

Eng kam talaba qabul qilingan oliygoh - Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali: 50 ta;

Davlat granti asosida eng ko‘p talaba qabul qilingan oliygoh - Samarqand davlat universiteti: 645 ta;

Davlat granti asosida eng kam talaba qabul qilingan oliygohlar - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiallari mos ravishda 15 tadan;

Umumiy kvotaga nisbatan davlat granti asosida eng ko‘p talaba qabul qilingan oliygoh - Toshkent tibbiyot pediatriya instituti: 59.55% (265/445)

Umumiy kvotaga nisbatan davlat granti asosida eng kam talaba qabul qilingan oliygoh - Toshkent davlat yuridik universiteti: 3.33% (20/600)