Diqqat! Javoblar eʼlon qilinmoqda!


Kecha test topshirganlar oʻz ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishlari mumkin.

Joriy yildan boshlab ballarni eʼlon qilishda juda katta innovatsion oʻzgarishlar boʻlgan.

Birinchidan, abituriyentning javoblar varaqasi skaneri ham joylanmoqda. Haqiqatdan oʻziniki ekanligini koʻra oladi, ortiqsa savollar qolmaydi.

Ikkinchidan, qaysi savolga toʻgʻri, qaysi savolga notoʻgʻri javob berganini koʻra oladi. Bu ham katta oʻzgarish.

Eslatib o`tamiz, shaxsiy kabinetda faqatgina necha ball olganingizni ko`ra olishingiz mumkin! O`qishga kirgan yoki kirmaganlagingizni 1 haftadan keyin aniqlashingiz mumkin!