Bugun Respublikadagi barcha viloyatlar oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.


Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda 2 avgust kuni respublikaning barcha hududlariga yetkazildi. 

3 avgust kuni ertalab soat 6:00 ga qadar barcha oliy ta’lim muassasalariga test materiallari tarqatildi.

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00 dan boshlandi. Test sinovlarida 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 29 ta ta’lim yo‘nalishida 29 ming 413 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 666 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 71 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 419 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan 57 ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi, abituriyentlar uchun barcha auditoriyalarda ichimlik suvi hamda barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etildi.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda joylar tashkil qilindi va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borilmoqda.

Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar hududiga kirish postlarida (metalloramalar oldida) Ichki ishlar vazirligi xodimlari soni ko‘paytirildi. Bu o‘z natijasini berib, abituriyentlar tomonidan test sinovlariga uyali telefon, va shpargalkalar olib kirishning oldi olinmoqda.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilingan.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30 da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

Yakuniy ma’lumotlar test sinovlari 1-smenada tugagunidan so‘ng taqdim etiladi.