Bu yilgi test imtihonlariga kirish uchun 122 ming 500 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi


Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM (bazaviy hisoblash miqdorining) yarim baravari, yaʼni, 122.500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Kimlar to‘lov qilishmaydi?

  • Taʼlim muassasalarini 2021-yilda tamomlaganlar;
  • 1-2 guruh nogironligi bor shaxslar;
  • To‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar.

Mazkur toifadagi abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tganida ularga to‘lov qilish uchun invoys shakllantirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu summa 111 ming 500 so‘mni tashkil etgan va aytishlaricha, Davlat test markazi tomonidan 100 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar to‘plangan va uning 20 mlrd so‘mdan oshiqrog‘ini test sinovlarini tashkil etish uchun sarflangan.