Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi yangi test tizimi tasdiqlandi


«Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi. (16.02.2022 yil 73-son)

Endilikda, bakalavr va magistratura bosqichlariga oʻqishga kirishda Cambridge Assessment tashkilotining Linguaskill B2 darajasi imtiyoz beruvchi sertifikatlar qatoriga qoʻshildi. 

Testlar haqida maʼlumot olish uchun Agentlikning barcha hududiy vakilliklariga murojaat etishingiz mumkin.