1 avgustdan Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qabul boshlanadi


2021/2022 o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Joriy yilda respublikadagi 14 ta yuridik texnikumga jami 3180 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan kunduzgi taʼlim shakliga 1950 ta va sirtqiga 1230 ta o‘rin ajratilgan.

Yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish 2021 yil 1 avgustdan 20 avgustga qadar (20 avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal (www.my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, texnikumlarga umumtaʼlim maktabining 11-sinfini yoki o‘rta maxsus (akademik litsey), kasb-hunar taʼlim muassasasi (kollej)ni tamomlagan fuqarolar hujjat topshirishlari mumkin.