O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda qanday imtiyozlar mavjud?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida" 2017-yil 14-noyabrdagi 914-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo‘yicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagogika taʼlim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.