Akademik litseylarga qabul DTM testlari orqali amalga oshiriladi


«Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori e’lon qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Akademik litsey o‘quvchilarining kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirib chiqishi uchun dars mashg‘ulotlariga yuqori malakali pedagoglar jalb qilinadi zaruriy sharoitlar yaratiladi.

Shuningdek, akademik lsiyeylarda umumta’lim fanlar soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soati oshiriladi hamda ularningn ulushi kamida 50 foizga yetkaziladi.

Ta’lim bosqichlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida OTMlarning turdosh ta’lim yo‘nalishlarida takroran o‘qitiladigan fanlarn akademik litseylar o‘quv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikatsiya qilinadi.

Akademik litseylarda o‘qish davrida unifikatsiya qilingan fanlarni o‘zlashtirgan, oliy ta’lim muassasalarida talabalikka qabul qilingan ta’lim oluvchilar uchun ushbu fanlarni o‘zlashtirish ixtiyoriy hisoblanadi.

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olishda Davlat test markazi tomonidan tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan bo‘yicha hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlab beruvchi test sinovlari o‘tkaziladi.