14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”
1. O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo‘mondonlik organi – bu …
a) O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi
b) Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi
c) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
d) Harbiy okruglar
2. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan kichik ofitserlar uchun harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi necha yoshni tashkil etadi?
a) 43 yosh
b) 55 yosh
c) 45 yosh
d) 50 yosh
3. Marodyorlik nima?
a) harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash
b) halok bo‘lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash
c) harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish
d) muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqni buzilishiga sabab bo‘lgan badanga yengil shikast yetkazish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 24-martidagi farmoniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi … qoʻshinlari tuzildi.
a) chegara
b) quruqlikdagi
c) maxsus
d) havo hujumidan mudofaa
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida 1992-yil, 3-iyulda joriy etilgan va lotin tilidan tarjima qilinganda “yirik”, “katta” ma’nolarini beruvchi harbiy unvon qanday nomlanadi?
a) mayor
b) leytenant
c) serjant
d) polkovnik
6. Dezirtirlik nima?
a) harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash
b) halok bo‘lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash
c) harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish
d) muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqni buzilishiga sabab bo‘lgan badanga yengil shikast yetkazish
7. O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmatga chaqiruv yoshi … etib belgilangan.
a) 18 yosh
b) 18 yosh, istisno tariqasida 17 yosh
c) 21 yosh
d) 27 yosh
8. Temuriylarning harbiy yurishlari yoki jang paytida boshboshdoqlik, parokandalikni oldini olish maqsadida har bir boʻlinma, guruh, qismning oʻz paroli belgilangan. Ushbu parol o‘sha davr harbiy atamasi bo‘yicha qanday nomlangan?
a) avangard
b) aryergard
c) hiravul
d) o‘ron
9. Mudofaa ishlar vazirligi qachon Mudofaa vazirligiga aylatirildi?
a) 1991-yil, 31-avgust
b) 1994-yil, 14-yanvar
c) 1992-yil, 3-iyul
d) 1992-yil, 14-yanvar
10. Hozirgi kunda O‘zbekiston mudofaa vaziri kim?
a) Rustam Djuraev
b) Po‘lat Bobojonov
c) Viktor Mahmudov
d) Abdusalom Azizov
11. Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali unvoni qanday holatda va kimlarga beriladi?
a) urush davrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri
b) urush davrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri
c) urush davrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga
d) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni o‘z vazifasiga kirishgan vaqtda
12. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganlarida harbiy unvondan kim yoki qaysi davlat organ qarori asosida mahrum etishi mumkin?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni
b) Mudofaa vaziri qarori asosida
c) Faqat sud qarori asosida
d) Birlashgan shtab boshlig‘i qarori asosida
13. Qurolli Kuchlarda oliy qo‘mondonlik lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod qilish … tomonidan amalga oshiriladi.
a) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
b) Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi
c) Harbiy okrug qo‘mondonlari
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
14. Lotin tilidan tarjima qilinganida “xizmatchi” ma’nosini beruvchi harbiy unvon qanday nomlanadi?
a) mayor
b) leytenant
c) serjant
d) polkovnik
15. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi Kema tarkibidagi katta ofitserlar tarkibidagi eng yuqori harbiy unvon?
a) 1-darajali kapitan
b) kapitan-leytenant
c) bosh starshina
d) 3-darajali kapitan