O‘zbekistondagi 6ta OTM xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi
«Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi «Shbeemann» xorijiy konsalting kompaniyasi bilan 6ta OTMni xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash va xalqaro akkreditatsiyani o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
O‘zbekistonda oliy ta'lim sifatini oshirishga ko‘maklashish uchun xalqaro kompaniya yollandi
Toshkent davlat texnika universitetidagi O‘zbek–Yapon yoshlar innovatsiya markazida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Shbeemann xorijiy konsalting kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reyting ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Malayziyaliklar Xorazmda telekommunikatsiya sohasida kadrlar tayyorlaydi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga malayziyalik investorlar tashrif buyurdi.
O‘zbekistonda ayrim talabalarning o‘qishini boshqa yo‘nalishga ko‘chirish taqiqlab qo‘yiladi
Oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Afg‘onistonlik ayollar O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida o‘qitiladi
Bryussel shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11-noyabr kuni “Afg‘on ayollarining iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini Qozog‘iston va O‘zbekistonda o‘qish va tayyorlash orqali qo‘llab-quvvatlash" dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Turkiya universitetlarida o‘zbekistonlik yoshlarning bepul o‘qishi uchun grantlar miqdori 3 baravargacha oshiriladi
Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi. Bu haqda Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi (YTB) rahbari Abdullah Eren jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
AQSh O‘zbekiston ta’lim tizimiga yangilik olib kirmoqda
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ta’lim tizimidagi hamkorlik doirasida amerikalik besh nafar mutaxassis yurtimizga keldi. Ular Xalq ta’limi vazirligidagi hamkasblari bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika va o‘qish bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash metodikasini ishlab chiqadi.
TATU va «ORACLE» hamkorligi kuchayadi
«ORACLE» kompaniyasi taklifiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining doktoranti, «Axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi T.Xo‘jaqulov hamda kompyuter injiniringi fakulteti dekani muovini X.Jiyanbekovlar «ORACLE» bosh ofisida bo‘lishdi.
Oliy ta'limda sifatni oshirishda Buyuk Britaniya tajribasidan foydalaniladi
5 sentabr kuni oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori Reychel Aylend, Advance HE ijrochi direktori Alison Jons va tashkilot katta maslahatchisi Jo Shafferlar bilan uchrashdi.
TATU-BDIRU AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI QOʻSHMA FAKULTЕTI TAYYORLOV KURSLARINI TAMOMLAGAN O’QUVCHILARGA SERTIFIKAT TOPSHIRILDI
Tayyorlov kurs fanlari boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 71 ta tinglovchi sertifikat bilan taqdirlandi hamda muddatidan oldin TALABA boʻlish imkoniyatiga ega bo’lishdi!
TATU hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti qo‘shma fakulteti ish rejasi imzolandi
18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetiga tashrif buyurdi.
«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti Xitoyning turizmga ixtisoslashgan OTMlari bilan hamkorlik o‘rnatdi
«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti va Shandun provinsiyasi Turizm professional kolleji orasida almashinuv va hamkorlik to‘g‘risida kelishuv, «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti va Sanya Universitetlari orasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Samarqandda «Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti» filiali ochiladi
8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Samarqand shahrida «Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti» federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi
Toshkentdagi OTMda xalqaro yozgi maktab o‘z faoliyatini boshladi
Xalqaro yozgi maktabning maqsadi: suv – energiya – oziq-ovqat xavfsizligining barqarorligini baholash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni doktorantlar, o‘qituvchilar va yosh olimlarga yetkazish va ularning bu boradagi bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
O‘zbekiston Milliy universiteti Istanbul universiteti bilan hamkorlik qiladi
Joriy yilning 25 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida «Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarning rivojlanishi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim inspeksiyasi va Rossiya TTS instituti o‘rtasida kelishuv imzolandi
Ayni damda Toshkent shahrida Jahon bankining READ dasturi moliyaviy ko‘magida xalqaro ekspertlar ishtirokida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan bir necha bosqichli seminar va treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston ta’limni tan olish Tokio Konvensiyasiga qo‘shiladi
Bugungi kunda hujjatlarni nostrifikatsiya qildirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga bo‘layotgan murojaatlar soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Toshkentda Vestminster xalqaro maktabi ochiladi
Toshkentda Vestminster xalqaro maktabini ochish rejalashtirilmoqda
Finlyandiyaning «JAMK» universiteti bilan hamkorlikda tibbiyot menejerlari tayyorlanadi
O‘zbekiston Respublikasidagi Finlyandiya Konsuli ko‘magida Toshkent davlat stomatologiya instituti rahbariyati tomonidan Finlyandiyaning yetakchi universitetlari tajribasi o‘rganildi
Vebster universiteti vakillari Toshkentdagi hamkor OTMlarga tashrif buyurishdi
AQSh delegatsiyasi tashrif doirasida bugun Toshkent davlat iqtisodiyot va Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurishdi.
Finlandiya universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Finlyandiyaning Yuvyaskyulya amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetiga UNMCSR-SNC vakillari tashrif buyurdi
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetiga United Nations Maritime and Continental Silk Road Cities Alliance Smart City and New Industry Committee tashkiloti bosh kotibi janob Szyanbo Vu boshchiligida Xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Navoiy viloyatida Germaniya universitetining filiali ochilishi mumkin
2018 yilgacha Jones Lang Lasalle kompaniyasida biznes inshootlarini boshqarish bo‘yicha menejyer yordamchisi vazifasida ishlagan, ayni paytda Navoiy viloyati hokimining investitsiya va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi vazifasiga tayinlangan, Nazirjon Jo‘rayev Germaniya universitetlaridan birining filiali Navoiyda ochilishi mumkinligini ma'lum qildi
TATUda O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etiladi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi
O‘zbekiston OTMlari Istanbul texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi
Malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Istanbul texnika universiteti rektori Mexmet Karaja boshchiligidagi Turkiya Respublikasi delegatsiyasi 2018 yilning 18-20 dekabr kunlari Toshkent shahriga ilk bor tashrif buyurdi.
AQSHning Webster universiteti “Biznes boshqaruvi (MBA)” yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilish boshlandi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQSHning Webster universiteti “Loyihalarni boshqarish" yoʻnalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini maʼlum qiladi.
Namanganda Rossiyaning Yadro tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik o‘rnatildi
Rossiyaning Dubna shahrida joylashgan Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti «Nazariy fizika» laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Avazbek Nosirov Namangan muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Rossiya bilan qo‘shma fakultet tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tarkibida O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma “To‘qimachilik va matbaa texnologiyalar" fakultetini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qarshida Fransiya universiteti vakillari ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkazildi
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialida Italiyaning Sannio hamda Fransiyaning Sarbonna kabi nufuzli universitetlarining professor-o‘qituvchilari ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston - Rossiya: ta’limdagi hamkorlik yangi bosqichda
Toshkent moliya instituti delegatsiyasi 2018-yilning 26-30-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi moliya universiteti, «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti va Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetlariga tashrif buyurishdi
Rossiya va O‘zbekistonning madaniyat sohasidagi OTMlari aloqalari kuchayadi
Chelyabnsk davlat madaniyat instituti rektori Rushanin Vladimir Yakovlevich O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi
TATU Qarshi filiali va Belorus davlat texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali vakillari Belorus davlat texnologiya universitetiga tashrif buyurishdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi qo‘shma fakultet ochiladi
2018 yilning 22 noyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha federal vaziri Karin Knaysel bilan uchrashdi.
AKT ni o'qitishda Integral universiteti bilan hamkorlik qilinadi
8-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Hindistonning Integral universiteti asoschisi va rektori Sayed Vasim Axtar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
TATU-BDARU qo‘shma fakulteti: to‘rt yil o‘qish, ikki diplom
2018-yilning sentyabr oyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Belorussiya davlat axborot va radioelektronika universiteti o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun Axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi
Jizzax politexnika instituti «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» bilan hamkorlik qiladi
Avtosanoat sohasida malakali kadrlar tayyorlashni yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov hamda «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» MChJ QK boshqaruv direktori Erkinjon Yunusov tomonidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
O'zbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti ochiladi
21-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Mixaylova Tamara Viktorovna boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston-Rossiya: Tibbiy ta`lim yo'nalishida hamkorlik qilishga doir hujjatlar imzolanadi
18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya yetakchi oliygohlari tashabbusi bilan O‘zbekiston-Rossiya ta`lim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda ikki mamlakat prezident ma`muriyatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vaziri, Rossiya Federatsiyasi ta`lim va ilm-fan vaziri, shuningdek ikki davlat OTMlarining 80 nafar rektori ishtirok etadi.
O'zbekistonda Rossiyaning qator oliygohlari filiallari ochilishi kutilmoqda
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tayotgan forum ikki mamlakatning ta`lim va ilm-fan sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashga va oxir-oqibat davlatlararo munosabatlarning chuqurlashuvi yo‘lida xizmat qilishga yo‘naltirilgan.
“Pediatriya ishi" yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro fakultet ochiladi
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘qish muddatlari 7 yildan 6 yilga va “tibbiy profilaktika" yo‘nalishida 6 yildan 5 yilga qisqardi. Shuningdek, o‘quv rejalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 23 foizdan 7 foizga qisqartirilib, klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi 55 foizdan 85 foizgacha oshirildi.
Kembrij professori Toshkentdagi Inha universitetiga taklif qilindi
Kembrij universiteti professori Raymon Jozef Hoffman Toshkentdagi Inha universitetiga tayyorgarlik kurslarida ingliz tili o‘qituvchilari uchun treninglar o‘tkazish uchun taklif qilindi
Andijonda Hindistonning Sharda universiteti filiali ochiladi
Andijon mashinasozlik institutiga Hindistonning Sharda Universiteti Prezidenti Pradip Kumar Gupta boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
Belarus davlat pedagogika universitetining Toshkent shaxri filialiga 150 nafar talaba qabul qilinadi
2018 yilning 11 – 17-oktyabr kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetining innovatsion pedagogika fakultetiga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
O‘zbekistonning qator universitetlari Fransiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalari bilan Fransiyaning “Parij-Syud", “Parij I Panteon-Sorbonna", “Parij IV", Grenobl, Nitssa Sofiya Antipolis, Tuluz, “Bretan-syud" kabi universitetlari, Sharq tillari va sivilizatsiyalari Milliy instituti va Versal shahridagi Oliy arxitektura maktabi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv va protokollar imzolangan.
Hindistonning "Amity" xususiy universitetining Toshkent shaxrida filiali ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AKT sohasida Hindistonlik hamkorlar bilan bir qator shartnomalarni imzoladi.
O‘zMUda Qozon Federal universitetining ofisi ochildi
Joriy yilning 27-30 sentyabr kunlari Qozon Federal universiteti (QFU) rektori professor Ilshat Rafkatovich Gafurovning Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda
Yoshlar ijod saroyida “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda
“Ta’lim va mutaxassislik" xalqaro ko‘rgazmasi mamlakatimizdagi hamda dunyodagi etakchi ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari bilan yoshlarni tanishtirish, kasb tanlashga ko‘maklashish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida yoshlarga ma’lumotlar berish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida bir necha yillardan buyon tashkil etib kelinmoqda.
Farg‘ona politexnika institutida Belgorod davlat texnologiya universiteti bilan qo‘shma fakultet ochildi
Farg‘ona politexnika institutida Vladimir Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda texnologik jihozlar va komplekslar qo‘shma fakulteti ochildi
TATU da Belarus bilan hamkorlikda fakultet ochiladi
Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) rektori Vadim Anatolevich Bogush boshchiligidagi delegatsiya bugun, 13-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi
Samarqandda Vebster universiteti magistraturasi ochiladi
Samarqand davlat chet tillar institutida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi