Shimoliy Amerika mavzusidan test savollari



Dunyodagi eng katta arxipelag qaysi?

Grenlandiya orolining maydoni qancha?

Kolorado dunyodagi eng chuqur dara hisoblanadi. Uning chuqurligi … kilometrga yaqin, uzunligi esa … kilometrni tashkil etadi.

Dunyodagi eng uzun g‘or (500 kilometr) qaysi?

Eng baland (18 metr) suv qalqishi qayerda kuzatilgan?

Dunyodagi eng uzun vodiy muzligi Alyaskada joylashgan bo‘lib, uning uzunligi … kilometrni tashkil etadi.

Niagara- dunyodagi eng maftunkor sharshara. Bu yerga har yili qancha sayyoh tashrif buyuradi?

Shimoliy Amerika janubda Panama bo‘yni orqali Janubiy Amerika bilan tutashgan. Panama bo‘ynining eng tor joyi qanchani tashkil etadi?

Shimoliy Amerika Yevrosiyodan uzunligi 85 kilometr bo‘lgan … orqali ajralib turadi.

X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) …

Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kim kashf etdi?

V. Bering va A. Chirikov Shimoliy Amerika materigini o‘rganish borasida qanday amaliy ishlarni bajarishdi?

1732- yili qaysi sayyoh olimlar Shimoliy Amerikaning shimoli- g‘arbiy sohillarni o‘rganishgan?

Qachon Alyaska sohillari va Aleut orollari geografik jihatdan o‘rganilib, xaritaga tushirildi?

XVIII asrda Shimoli- G‘arbiy Amerika qanday nom bilan atalgan?

Qachondan Alyaska hududi “Rus Amerikasi” nomi bilan atala boshlandi?

“Rus Amerikasi” deb nom olgan hudud 1867- yili …

Alyaska hududi necha yil davomida Rossiyaga tegishli bo‘lgan?

Qaysi erada Shimoliy Amerika Yevrosiyodan mustaqil materik sifatida ajralib chiqdi?

So‘nggi 1 million yil davomida Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerika bir- biridan qancha masofaga uzoqlashgan?

Shimoliy Amerikaning qaysi hududi, ayniqsa, rudali foydali qazilmalarga boy?

Shimoliy Amerika tog‘lari va ularning balandligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

1) Elbert; 2) Lange- Pik; 3) Gan- net- Pik; 4) Mak- Kinli; 5) Mitchell

a) 6194 metr; b) 4399 metr; c) 2037 metr; d) 4202 metr; e) 4345 metr

Kordilyera tog‘lar tizimi qanday tarkibiy qismlarga bo‘linadi?

Dunyodagi eng uzun Flint- Mamont g‘ori qaysi tog‘da joylashgan?

Quyidagi oqimlardan qaysi biri iliq oqim hisoblanadi?

Shimoliy Amerika materigida nechta iqlim mintaqasi shakllangan?

Shimoliy Amerika tropik iqlim mintaqasida yozda namgarchilik ko‘p bo‘ladi. Faqat mintaqaning qaysi hududida quruq, tumanli kunlarni kuzatish mumkin?

Shimoliy Amerika materigining eng yirik daryosi qaysi?

“Missuri” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

Estuariy- bu …