Janubiy Amerika mavzusidan test savollari



“Sayyoramiz o‘pkasi” deb ataluvchi joylar - bu …

Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri Janubiy Amerika uchun xos emas?

Janubiy Amerika materigi shimoldan janubga … kilometr, g‘arbdan sharqqa … kilometrga cho‘zilgan.

Abu Rayhon Beruniy o‘zining qaysi asarida Amerika qit’asining mavjud ekanligini taxmin qiladi?

Amerika qit’asining kashf etilgan sanasini toping.

Xristofor Kolumb ekspeditsiyasi dastlab qaysi orolga keladi?

X. Kolumb Amerika qit’asiga necha marta sayohat uyushtirgan?

Amerigo Vespuchchi qaysi yillar davomidagi sayohatlari tufayli Kolumb kashf etgan hududlar Hindiston emas, balki Yangi Dunyo ekanligini isbotladi?

Qachondan Yangi Dunyo Amerika deb atala boshladi?

Janubiy Amerikani ilmiy jihatdan o‘rganishda qaysi sayyohlarning xizmati katta bo‘ldi?

And tog‘ tizmalari qaysi burmalanishda shakllangan?

And tog‘ tizmalarining uzunligi qanchani tashkil etadi?

Dunyodagi eng baland (6723 metr) harakatdagi vulqon qaysi?

Janubiy Amerikaning eng baland nuqtasi bo‘lgan Akonkagua cho‘qqisining balandligi qancha?

Dunyodagi eng baland tog‘ ko‘li- bu …

Quyidagi dengiz oqimlaridan qaysi biri iliq oqim hisoblanmaydi?

Janubiy Amerikada nechta iqlim mintaqasi shakllangan?

Ekvatorial iqlim mintaqasida yil davomida havo harorati qanchani tashkil etadi?

Tropik mintaqaning sharqiy qismlari qaysi shamollarining ta’sirida bo‘ladi?

Braziliya yassitog‘ligining sharqiy yonbag‘irlariga qancha miqdorda yog‘in yog‘adi?

Atakama cho‘li namligining yagona manbai- bu …

Mo‘tadil iqlim mintaqasida qaysi faslda Antarktidadan qorli bo‘ronlar esib turadi?

Janubiy Amerikaning eng sersuv va uzun daryosi - Amazonka nechta irmoqqa ega?

Amazonka daryosining kengligi o‘rta oqimida … kilometr, quyi oqimida … kilometr, quyilish joyida esa … kilometrni tashkil etadi.

Amazonka daryosi suvining “teskari oqish” hodisasi necha kilometr yuqori oqimgacha kuzatiladi?

Amazonka daryosi suvining “teskari oqish” hodisasiga asosiy sabab nimada?

Qaysi daryo sersuvligi va uzunligi jihatidan Janubiy Amerika materigida ikkinchi o‘rinda turadi?

Janubiy Amerika materidagi eng yirik ko‘l Marakaybo bo‘lib, u qaysi ko‘llar turkumiga kiradi?

Dunyodagi eng baland (1054 metr) sharshara qaysi?

Janubiy Amerikada And tog‘idan boshlanib, Tinch okeaniga quyiladigan daryolar …