Xordalilar evolyutsiyasi mavzusidan test savollari



Yovvoyi o‘rdak bundan necha yil oldin xonakilashtirilgan?

Quyidagi javoblarning qaysi birida hayvonlar sistematikasi to‘g‘ri joylashtirilgan?

Sut emizuvchi hayvonlar embrionining dastlabki rivojlanish davridagi qaysi belgilar uning ajdodlari suvda yashaganligidan dalolat beradi?

Ot evolyutsiyasining filogenetik qatorini belgilang:

1) hozirgi ot; 2) merigippus; 3) eogippus;4) gipparion;

Grifel suyaklari quyidagi qaysi hayvon uchun xos?

Sutemizuvchi, sudralib yuruvchi hayvonlar va qushlarning qaysi qismlari muguz moddadan tuzilgan bo‘ladi?

1) juni; 2) terisi; 3) suyagi; 4) pati; 5) qanot suyaklari;

6) tili; 7) tangachasi; 8) tishlari;

Yirtqich tishli reptiliyalar qaysi belgi va a’zolarining tuzilishiga ko‘ra sutemizuvchi hayvonlarga o‘xshash bo‘ladi?

1) kalla suyagi; 2) tana harorati; 3) qo‘l- oyoqlari; 4) tana qoplami;

5) umurtqa pog‘onasi; 6) tishlarning xillarga bo‘linishi;

7) bosh miyaning po‘stlog‘i; 8) bel umurtqasida qovurg‘alar bo‘lishi;

Nima sababli organizmda maxsus ayirish organi hosil bo‘lgan?

Qush embrioni rivojlanishidagi qaysi omil yerda yashaydigan umurtqalilarning baliqsimonlar ajdodlaridan kelib chiqqanidan dalolat beradi?

Dastlabki sutemizuvchilarning ajdodini ko‘rsating.

Hayvonot olamiga taalluqli bo‘lgan sistematik guruhlarni to‘g‘ri tartibda ko‘rsating.

1) olam; 2) oila; 3) tur; 4) turkum; 5) tip; 6) sinf; 7) avlod;

Qaysi hayvonlarda ichki urug‘lanish kuzatiladi?

1) qorabag‘ir; 2) qoraqurt; 3) lansetnik; 4) krevetka; 5) soxta kurakburun;

6) uy pashshasi; 7) ustritsa; 8) salamandra;

Qaysi hayvonlar guruhida ichki urug‘lanish sodir bo‘ladi?

Sutemizuvchilar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?

Hayvonot olami tiplarining ketma- ketligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

1) sodda hayvonlar; 2) yassi chuvalchanglar; 3) bo‘g‘imoyoqlilar;

4) halqali chuvalchanglar; 5) mollyuskalar; 6) yumaloq chuvalchanglar;

7) kovakichlilar; 8) xordalilar;

Eng qadimgi yo‘ldoshli sutemizuvchilar qaysi turkumga mansub bo‘lgan?

Hayvonlarda issiqlikning o‘zgarmay saqlashning fizik mexanizm quyidagilarning qaysi birlarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq?

1) qalin jun; 2) patlar; 3) teri osti yog‘ klechatkasi; 4) ter bezlari;

5) muskullar harakatchanligi; 6) nafas olish sistemasi;

7) qon aylanishning nerv sistemasi orqali idora qilish mexanizmlari; 8) yurak;

Umurtqali hayvonlari o‘rganish sohasida katta tadqiqotlar olib borgan o‘zbekistonlik olimlarni belgilang.

Quyidagi hayvonlarning eshitish a’zolari qanday qismlardan iborat bo‘ladi?

1) baliq; 2) baqa; 3) it;

a) ichki va o‘rta quloq; b) ichki quloq; c) tashqi, o‘rta va ichki quloq;

Vatanimiz olimlaridan qaysi biri birinchi bo‘lib hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab bergan?

Hayvonlar klassifikatsiyasida yaqin, o‘xshash oilalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan taksonomik birlik qanday nomlanadi?

Evolyutsiya jarayonida xordalilarning qaysi sinfida birinchi marta ko‘krak qafasi hosil bo‘lgan?

Tufelka (1), baqa (2), planariya (3), delfin (4), suv shillig‘i (5), daryo qisqichbaqasi (6), bular qaysi a’zolari yordamida nafas oladi?

Butun tanasi (a), o‘pkasi (b), terisi (c), jabrasi (d) bilan.

Xordalilar tipining qaysi sinfiga mansub vakillarida ichki urug‘lanish bo‘ladi?

1) akula; 2) timsoh; 3) ilon;

4) baqa; 5) kaptar; 6) triton;

Sudralib yuruvchilarda quruqlikka chiqishga bog‘liq holda ko‘payishida qanday xususiyatlar hosil bo‘ladi?

1) ichki urug‘lanish; 2) tuxumining yirik bo‘lishi;

3) bolalariga g‘amxo‘r bo‘lishi; 4) tuxumining sarig‘i ko‘p bo‘lishi;

5) tuxumining qattiq qobiqli bo‘lishi; 6) metamorfozsiz rivojlanishi;

Quyida berilgan hayvonlar qaysr sinf qaysi turkumga mansub ekanligini aniqlang.

1) latimeriya; 2) ko‘rshapalak; 3) yaydoqchi; 4) qorailon; 5) qumay;

I) hasharotlar; II) baliqlar; III) sutemizuvchilar; IV) qushlar; V) sudralib yuruvchilar;

a) qo‘lqanotlilar; b) panja qanotlilar; c) parda qanotlilar, d) tangachilar; e) yapaloq qushlar;

Qushlar bilan sutemizuvchilarning eng muhim xususiyatini belgilang.

1) o‘pka bilan nafas olish; 2) issiqqonliligi;

3) ovqat hazm qilish sistemasining murakkab tuzilishi;

4) nasl uchun qayg‘urishi; 5) tuxumning organizm ichida urug‘lanishi;

Quyidagilardan qaysi birlarida hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan?

1) chumoli; 2) kana; 3) o‘rgimchak; 4) kaptar; 5) it;

6) tipratikan; 7) chigirtka; 8) tillaqo‘ng‘iz; 9) daryoqisqichbaqasi;

10) asalari; 11) kaltakesak;12) chinqiroq ilon;

Tana qoplami ular o‘sayotganda siqib qo‘yganligi tufayli bu hayvonlar vaqt- vaqti bilan tullaydi.

1) chigirtka; 2) toshbaqa; 3) fil; 4) bo‘g‘ma ilon;

5) dasht agamasi; 6) askarida; 7) lansetnik;

8) zog‘orabaliq; 9) bo‘z echkiemar; 10) chiyildoq gekkon;

11) karam kapalagining lichinkasi; 12) itbaliq;

Sut emizuvchi hayvonlarni tegishli guruhlarga tartib bilan, evolyutsion taraqqiyoti asosida joylashtiring;

I) yo‘ldoshlilar; II) tuxum qo‘yuvchilar; III) xaltalilar;

1) bo‘ri; 2) tuyaqush; 3) kenguru; 4) suvsar;

5) echkiemar; 6) yirtqich tishli kaltakesak;

7) yexidna; 8) morj; 9) o‘rdakburun;

10) koala; 11) krot; 12) yerqazar; 13) ko‘k kit;