Yutug’i 5000 AQSh dollari bo’lgan insholar tanlovi e’lon qilindi


Umumiy ma’lumot: Australian Book Review sayti “Calibre Essay Prize" insholar tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlovda istalgan kishi qatnashishi mumkin. G’olib deb topilgan insho 2018-yilning aprel oyida Australian Book Review’ning 400-nashrida nashr qilinadi.

G’oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o’rin – 5000 AQSh dollari;
  • 2-o’rin – 2500 AQSh dollari.

Inshoga qo’yilgan talablar:

  • Barcha insholar ingliz tilida bo’lishi lozim.
  • Insholar kamida 3000 va ko’pi bilan 6000 so’zdan iborat bo’lishi kerak.
  • Inshoga turli surat, diagramma va grafiklar joylashtirilishi mumkin, lekin inshoning elektron variant 3MB dan oshib ketmasligi lozim.
  • Insho bitta muallif tomonidan yozilishi kerak.
  • Insho fantastic janrda bo’lmasligi kerak.

Insholar ro’yxatdan o’tilgandan so’ng onlayn tarzda topshiriladi. Ushbu tanlovda ishtirokchi bo’lib kirish to’lovli bo’lib, to’lov 25 AQSh dollarni tashkil etadi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.