Yuridik universitet filiali faqat davlat grantiga qabul qiladi


Bugun, 25-iyun kuni TDYUning yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan filialiga qabul masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda qator o‘ziga xos afzalliklar va talablarga ega ushbu OTM haqida ma’lumot berildi.

Xususan:

  • Bu yil ushbu filial 255 ta talaba qabul qiladi, hammasi davlat grantiga.
  • Talabalar yotoqxona, stipendiya, bitirgach ish va unvon bilan ta’minlanadi.
  • Ixtisoslashtirilgan filialga faqat Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, 18–25 yoshdagi, bo‘yi 165 sm (ayollar 160 sm)dan past bo‘lmagan, sog‘lom, sudlanmagan fuqarolar qabul qilinadi.
  • Bitiruvchilarga oliy yuridik ma’lumotga egaligi haqida diplom, leytenant unvoni berilib, ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
  • Ixtisoslashtirilgan filial Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun huquqbuzarlik profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasi uchun kadrlar tayyorlaydi.
  • Bitirgandan so‘ng 5 yil Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida ishlab berishi shart.

Ixtisoslashtirilgan filialda propiska, yosh, jismoniy talablar mavjud bo‘lsa ham, abituriyentlar uchun jozibali oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Chunki davlat granti asosida 3 yil o‘qib oliy ma’lumotli bo‘lish bilan birga tayin ish joyi va unvon egasiga aylanish har qanday OTM bitiruvchisiga nasib etavermaydi.

Endi savodli, yuridik bilimga ega, chet tillarini biladigan, yuqori saviyali va professional posbonlar ko‘payadi, deb aytish ham mumkin.

Manba: xabar.uz