2018/2019 o‘quv yilida sirtqi va kechki ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi


Oliy ta’lim muassasalari uchun 2018/2019 o‘quv yilida sirtqi va kechki ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq Oliy ta’lim muassasalari uchun 2018/2019 o‘quv yilida sirtqi va kechki ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 10 iyulidan 31 iyuligacha hamda kechki ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddati 9 iyulidan 25 iyuligacha qabul qilinadi.

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
  • 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.


2018/2019 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakli uchun bakalavrga qabul qiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati

1. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

2. O‘zbekiston milliy universiteti

3. Toshkent davlat texnika universiteti

4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5. Toshkent moliya instituti

6. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

7. Toshkent kimyo-texnologiya instituti

8. Toshkent davlat pedagogika universiteti

9. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

10. Andijon mashinasozlik iqtisodiyot instituti

11. Andijon davlat universiteti

12. Buxoro davlat universiteti

13. Buxoro muhandislik texnologiya instituti

14. Guliston davlat universiteti

15. Jizzax politexnika instituti

16. Qoraqalpoq davlat universiteti

17. Qarshi davlat universiteti

18. Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti

19. Namangan davlat universiteti

20. Namangan muhandislik texnologiya instituti

21. Namangan muhandislik qurilish instituti

22. Samarqand davlat universiteti

23. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

24. Termiz davlat universiteti

25. Farg‘ona davlat universiteti

26. Farg‘ona politexnika instituti

27. Urganch davlat universiteti

28. Navoiy davlat pedagogika instituti

29. Nukus davlat pedagogika instituti

30. Jizzax davlat pedagogika instituti

31. Qo‘qon davlat pedagogika instituti

32. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti

33. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

34. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali

35. Toshkent davlat agrar universiteti

36. Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali

37. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali

38. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

39. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

40. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

41. Milliy rassomchilik va dizayn instituti

42. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

43. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

44. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali

45. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali

46. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali

47. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

48. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

49. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti

50. Toshkent arxitektura qurilish instituti

51. Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


2018/2019 o‘quv yilida kechki ta’lim shakli uchun bakalavrga qabul qiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati

1. O‘zbekiston milliy universiteti

2. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

3. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

4. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

5. Toshkent davlat pedagogika universiteti

6. Namangan davlat universiteti

7. Samarqand davlat universiteti

8. Samarqand davlat chet tillar instituti

9. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Manba: edu.uz