Samarqandda abituriyentlar qaysi binolarda imtihon topshirishlari ma’lum bo‘ldi


1-15 avgust kunlari Samarqanddagi beshta binoda oliy o‘quv yurtlariga bakalavr yo‘nalishiga kirish imtihonlari olinadi, deb xabar qildi “Samarkandskiy vestnik".

 Xabarda aytilishicha, kirish imtihonlari SamDU akademik litseyi sport zalida (540 o‘rin), Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining 3 ta zalida (jami 1 440 o‘rin) hamda Samarqand pedagogika va servis kasb-hunar kolleji binosida (1 080 o‘rin) o‘tkaziladi. 

Ilgariroq Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatida oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha repetitsiya jarayoni bo‘lib o‘tgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustga qadar o‘tkaziladi. Shuningdek, kirish test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


Manba: sof.uz