Qoraqalpog‘istonda chet el fuqarolari uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2-3-avgust kunlari chet el fuqarolari uchun kirish imtihonlari suhbat shaklida bo‘lib o‘tdi. Universitetdagi jami 101 ta onlayn tarzidagi arizalar kelib tushgan bo‘lib, qabul kvotasi cheklanmagan. 100 ballning 55%ni to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.

Chet el fuqarolari faqatgina to‘lov shartnomasi asosida o‘qishlari mumkin.