Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining oltinchi kuni (3-avgust) natijalari e'lon qilindi


Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining oltinchi kuni (3-avgust) natijalari e'lon qilindi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

- kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

Toshkent moliya institutining 5230600 – Moliya ta’lim yo‘nalishi – 187,9 ball;

- sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

Toshkent moliya institutining 5230900 – Buxgalteriya ta’lim yo‘nalishi – 167,8 ball;

- kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

Toshkent davlat pedagogika universitetining 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi ta’lim yo‘nalishi – 132,2 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet orqali ya'ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin.