Oliy harbiy bilim yurtlaridagi test natijalarini SMS orqali bilib olish mumkin


Joriy yilning 5 iyul kuni oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlari bo‘lib o‘tganligi haqida habar bergan edik.

Ushbu test sinovida to‘plagan ballarni aniqlash imkoniyati tug‘ildi. Buning uchun Perfectum Mobile va Uzmobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali 5100 raqamiga javoblar varaqangiz raqamini SMS shaklida jo‘natib, natijalarni bilib olish mumkin, deb yozmoqda dtm.uz

5100 raqamiga jo‘natilgan barcha SMS xabarlar – $0,
5101 raqamidan kelgan barcha SMS xabarlar – $0,75.

Test sinovi natijasi bilan bog‘liq SMS-xizmatlar Perfectum Mobile va Uzmobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali amalga oshiriladi.