Joriy yilda qabul bo‘yicha qanday o‘zgarishlar bor?


  • Hujjatlar qabul qilish 15 iyundan boshlanadi va 15 iyulgacha davom etadi. Davlat konservatoriyasida esa qabul komissiyasi 15 iyundan 10 iyulgacha hujjatlarni qabul qiladi.
  • Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 5 iyulgacha o‘tkaziladi. Bungacha test sinovlari 10 iyul sanasiga o‘tkazilar edi.
  • Kvotalar o‘tgan yilga nisbatan 8 ming 409 taga ko‘paygan va jami 66 ming 316 nafar talaba qabul qilinadi. Shularning 18 194 nafari davlat grantida va 48 122 nafari to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil oladi. Qabul kvotalari bilan batafsil tanishish uchun QABUL 2017 sahifamizga tashrif buyuring.
  • Bu yilgi sinovlarda test savollarini yanada soddalashtirish re'jalashtirilmoqda;
  • ️ Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida maxsus sirtqi bo‘lim ochildi. O‘z navbatida Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qo‘ng‘irot bo‘limi)ning maxsus sirtqi bo‘limi yopildi;
  • Joriy yildan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan abituriyentlar to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi evaziga talabalikka qabul qilinishi mumkin. Faqat buning uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi lozim. Qo‘shimcha qabul bo‘yicha to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abituriyentlar to‘plagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda va oliygohning moddiy extiyojidan kelib chiqib belgilanadi. Hozircha kontraktning narxi ma’lum emas. Shuningdek, qo‘shimcha kontrakt o‘rni ham cheklangan bo‘ladi, bu oliygohning imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Demak 68 balldan oshirgan barcha abituriyentlar ham qabul qilinavermaydi;
  • Tibbiyot oliygohlari endilikda davlat granti asosida hududlarga taqsimlangan kvota bilan talaba qabul qiladigan bo‘ldi.
  • Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat agrar universitetining filiallari ochildi. Endi shu ikkala universitetda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar Termiz shahridagi filiallarda ham tahsil olishi mumkin;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo‘ng‘irot bo‘limi ushbu yildan boshlab yopildi. Ular endi talaba qabul qilmaydi;
  • Toshkent davlat stomotologiya institutining hududlardagi barcha filiallari, xususan Andijon, Buxoro, Samarqand, Nukus filiallari yopildi. Buning evaziga avvalgidek hududlardagi tibbiyot institutlarida “Stomatologiya" fakultetlari qayta tashkil etildi;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga yana talabalar qabul qilish boshlandi. O‘tgan yili ushbu filial uchun kvota ajratilmagandi;
  • Namangan muhandislik-pedagogika institutining nomi Namangan muhandislik-qurilish instituti deya o‘zgartirildi.