Buxoro davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etilib, Navoiyda filiali ochiladi


“Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Sadriddin Ayniy koʻchasi, 1-uyda joylashgan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Navoiy shahar, 7-daha, I.Karimov shoh koʻchasida joylashgan Bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi binolari negizida Buxoro davlat tibbiyot universiteti Navoiy filialini tashkil etiladi.

2023/2024 oʻquv yilidan Navoiy davlat pedagogika instituti tarkibidagi Tibbiyot fakultetida “Davolash ishi" va “Pediatriya ishi" yoʻnalishida taʼlim olayotgan 1-2-bosqich talabalari Filial tarkibiga oʻtkaziladi.