Barchaning ballari ochiq eʼlon qilinmoqda!


Koʻpchilik DTMning yana bir innovatsion yangiligidan bexabar, oʻzimiz ham kecha bu haqida yozishni unutibmiz.

mandat.dtm.uz saytida barcha abituriyentlarning ballari ochiq va shaffof eʼlon qilinmoqda. 

Yaʼni Siz oʻz yoʻnalishingizni tanlab, Sizning raqiblaringiz necha ball olganini, Siz nechanchi oʻrinda turganingizni, kirish uchun imkoniyatlaringiz qay darajada ekanligini mandatni kutib oʻtirmasdanoq bilishingiz mumkin.

Ushbu saytda barcha abituriyentlarning ism-familiyasi, test topshirgan kuni hamda ballari koʻrsatilmoqda.

Abituriyentlar juda koʻp berayotgan savollardan biri, oʻzimizning balimizni ertasi kuni bilyapmiz, ammo qolganlarning balini bilmaymizku, toki mandat chiqqungacha DTMda oʻzgartirib qoʻymasligiga kim kafolat beradi, degan mazmunda edi.

@xushnudbek