Andijonda Sharda universiteti filiali ochildi


19 oktabr kuni Andijonda Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida “Ochiq Andijon" 1-investitsiya forumi ish boshladi.

Forum doirasida Andijon shahrida Sharda universitetining filiali ochildi.

Sharda universiteti - Hindistondagi xususiy oliy ta'lim muassasasi. Universitet 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Hindistonning xususiy universitetlari orasida xorijiy talabalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlaydi.

 Andijondagi Sharda universiteti 2019 yildan talabalar qabul qilgan. Universitetning ochilish marosimiga xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi. Tadbirda viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va Gujarat shtati bosh vaziri Vijay Rupani so‘zga chiqdilar.

Mehmonlar yangi ish boshlagan oliygohda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.



Elmurod Ermatov

Kun.uz