ABT.UZ ning mobil ilovasi ishga tushdi


Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Endi saytimizning android qurilmalar uchun mobil ilovasi ishga tushdi. Endi saytdagi malumotlardan foydalanish juda ham oson. Yangiliklar, oliygohlar, mutaxassisliklar, kirish ballari bilan mobil ilova yordamida tanishish mumkin. Ilovaning ko‘pgina qismlari offlayn, ya'ni internetsiz ham ishlaydi. Bundan tashqari mobil ilova yordamida saytda ro‘yhatdan o‘tish, balansni tekshirish mumkin. Yaqin kunlarda virtaul imtihon va mavzuli testlar topshirish imkoni ham qo‘shiladi.

Ilovani ushbu havola orqali Google Play'dan yuklab olishingiz mumkin.

Shu o‘rinda, keling, ushbu abt.uz tizimi haqida batafsil to‘xtalib o‘tsak.

ABT.uz – abituriyentlar uchun o‘zida 30 000 ga yaqin test savollarini jamlagan bilimlarni testlash tizimidir. O‘z nomidagi Aql–Bilim–Test so‘zlarini faoliyatida mujassam etgan ushbu tizim o‘zida ko‘pgina qulayliklarni taqdim etmoqda. Endilikda abituriyentlar va o‘quvchilar mobil telefon, planshet yoki kompyuter orqali zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan unumli foydalangan holda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga innovatsion usulda tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Ya’ni uyda, o‘quv muassasasida, internet kafelarda ABT.uz sayti yordamida bir necha turdagi test sinovlarini topshirishlari va o‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari mumkin.

Afzalliklari:

- test savollari tiniq shriftlarda berilgan;
- matematik formulalar tushunarli va chiroyli tarzda berilgan;
- sayt dizayni va rasmli ma’lumotlar TAS-IX hududidan yuklanishi hisobiga tarfikni tejash hamda tizimga tezlikda kirish imkoniyati mavjud;
- test topshirish oynasida savollar ketma-ket joylashgan, javob varaqasi esa qulay ko‘rinishda;
- savoldan-savolga o‘tish, javoblarni belgilash jarayonida sahifa qayta yuklanmaydi;
- natijalar sinxron ravishda foydalanuvchi profiliga saqlanib boriladi;
- tugallanmay qolgan testlarni ixtiyoriy vaqtda davom ettirish imkoniyati mavjud;
- saytning mobil versiyasi mavjudligi undan mobil telefonlar va planshetlarda ham foydalanish imkoniyatini taqdim etadi;
- akkaunt balansini Click va Payme to‘lov tizimlari yordamida to‘ldirish imkoniyati mavjud;
- test savollarida uchragan imlo va mazmuniy xatoliklar haqida maxsus forma orqali xabar bergan holda Siz qo‘shimcha bonus ballariga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari tizimda yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari, ulardagi mutaxassisliklar, har bir mutaxassislik uchun kirish imtihonlaridagi fanlar bilan tanishib chiqishi mumkin. Eng asosiysi 2014–2015–2016-yillarda o‘tqazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari qulay shaklda sizga taqdim etiladi.

Bu ma’lumotlar yordamida Siz har bir ta’lim tili kesimida grant va kontrakt uchun kirish ballari, o‘rtacha o‘tish ballari, qabul kvotalari, arizalar soni va bitta o‘ringa mos kelgan abituriyentlar soni bilan tanishib chiqishingiz, ularni solishtirish va qulay usulda taqqoslashingiz ham mumkin. Bu qulayliklar Sizga oliy o‘quv yurti va mutaxassislikni ikkilanmay tanlashga katta yordam beradi.